Pullik Telegram kanal — obunachilarga oylik to'lov evaziga eksklyuziv kontent beradigan yopiq kanal. Muvaffaqiyat kaliti: sifatli kontent + to'g'ri strategiya. Quyida obunachillarni ko'paytirish va saqlab qolishning 5 ta amaliy usuli — har birida o'qituvchilar uchun aniq misollar bilan.

1. Bepul kanalda qiymat ko'rsating

Odamlar pul to'lashdan oldin sizning sifatingizni ko'rishi kerak. Bepul kanalda ham foydali, sifatli kontent bering — lekin pullik kanalga faqat chuqurroq, batafsil ma'lumotlarni joylashtiring.

Bepul kanal — vitrinangiz. Pullik kanal — do'koningiz.

Masalan: ingliz tili o'qituvchisi bepul kanalda har kuni 1 ta yangi so'z va misol beradi. Pullik kanalda esa to'liq darslar, audio, mashqlar va imtihon tayyorlovi bor. Odamlar bepul kontentdan sifatni ko'rib, pullik kanalga o'tishadi.

Noto'g'ri qilmaslik kerak

  • Bepul kanalda sifatsiz kontent berish — bu sizning brendingizni buzadi
  • Pullik kanalda bepul kanaldagi kontentni takrorlash — obunachi aldangan his qiladi

2. Narxni to'g'ri belgilang

O'zbekiston bozorida optimal narx: 30,000–100,000 so'm/oy. Juda arzon narx — sifatsizlik belgisi. Juda qimmat narx — kirishga to'siq.

Maslahat: avval pastroq narxdan boshlang (masalan: 30,000 so'm). Obunachillar soni 50-100 ga yetganda narxni 50,000-70,000 ga oshiring. Mavjud obunachilarga eski narxni saqlab qolishingiz mumkin — bu ishonchni oshiradi.

Doimiy (umrbod) obuna ham qo'ying — masalan: 300,000 so'm. Ba'zi odamlar bir marta to'lab, doim kirish huquqiga ega bo'lishni afzal ko'radi.

3. Muntazam kontent bering

Pullik kanal obunachilari aniq kutish bilan keladi. Agar haftalik 3 ta post va'da qilgan bo'lsangiz — albatta bajaring. Muntazamlik — ishonchning asosi.

  • Kontent rejasini tuzing — haftada necha post, qaysi kunlarda, qanday mavzularda
  • Oldindan tayyorlang — hech bo'lmasa 1 hafta oldinga kontent tayyor bo'lishi kerak
  • Uzilish bo'lsa — obunachilarga oldindan xabar bering va qachon davom etishingizni ayting

Masalan: dasturlash o'qituvchisi har dushanba va payshanba yangi dars beradi. Obunachillar buni biladi va kutadi. Bu tartib buzilsa — ishonch pasayadi.

4. Natijalarni ko'rsating

O'quvchilaringizning muvaffaqiyat hikoyalarini ulashing — kim qanday natijaga erishdi, kurs nima berdi. Natija — eng kuchli sotuvchi.

Masalan:

  • "Ahmadjon 3 oyda IELTS 6.5 oldi" — screenshot bilan
  • "Madina kursdan keyin freelance ish topdi" — uning sharhi bilan

Bunday natijalarni bepul kanalda ham baham ko'ring — yangi obunachillar jalb qiladi.

5. Texnik ishlarni avtomatlashtiring

To'lov qabul qilish, invite link berish, obuna muddatini kuzatish — bu ishlar vaqtingizni oladi. 20-30 obunachida bu hali boshqariladigan. Lekin 50-100 obunachida siz kontentga vaqt topa olmay qolasiz.

Obuna botni sozlash orqali bularni to'liq avtomatlashtirsangiz — faqat kontentga e'tibor qarataverasiz. Bot to'lovni qabul qiladi, link beradi, muddatni kuzatadi, ogohlantirish yuboradi.

Standart yoki Biznes tarifda hamkor qo'shish imkoniyati ham bor — agar siz band bo'lsangiz, hamkoringiz to'lovlarni tasdiqlaydi.