Ommaviy offerta

Getolog platformasidan foydalanish shartlari

Kuchga kirgan sana: 2026-yil 24-fevral

1. Asosiy tushunchalar

1.1. Platforma โ€” Getolog xizmati, ya'ni Telegram kanal va guruh egalari uchun obuna boshqaruvini avtomatlashtiradigan tizim.

1.2. Xizmat ko'rsatuvchi โ€” Getolog jamoasi, platformani ishlab chiquvchi va boshqaruvchi tomon.

1.3. Admin โ€” platformada ro'yxatdan o'tgan kanal yoki guruh egasi.

1.4. Hamkor โ€” admin tomonidan tayinlangan yordamchi shaxs. Hamkor to'lovlarni ko'rish va tasdiqlash huquqiga ega.

1.5. Obunachi โ€” admin ishlab chiqgan bot orqali pullik kanal yoki guruhga obuna bo'lgan shaxs.

1.6. Bot โ€” admin tomonidan ishlab chiqilgan va platformaga ulangan Telegram bot.

1.7. Ushbu offerta platformadan foydalanishni boshlagan har bir shaxs uchun amal qiladi. Platformadan foydalanish โ€” offertani qabul qilish hisoblanadi.

2. Xizmat ko'rsatish tartibi

2.1. Admin @getolog_bot orqali ro'yxatdan o'tadi, bot tokenini va karta raqamini kiritadi, kanalini ulaydi va obuna shartlarini belgilaydi.

2.2. Platforma admin boti asosida avtomatlashtirilgan tizim ishlab chiqadi. Bu tizim obunachilarga to'lov qilish, kanalga kirish va obuna muddatini boshqarish imkonini beradi.

2.3. Obunachi admin botiga murojaat qilib to'lovni amalga oshiradi va screenshot yuboradi. Admin yoki hamkor to'lovni tasdiqlaydi.

2.4. Obuna muddati tugashi yaqinlashganda obunachiga ogohlantirish yuboriladi. Muddat tugaganda obunachi kanaldan avtomatik chiqariladi.

3. Tarif rejalar va to'lov shartlari

3.1. Platformada uchta tarif mavjud: Bepul, Standart (97 000 so'm/oy) va Biznes (497 000 so'm/oy).

3.2. Bepul tarifda 1 ta bot ishlab chiqish mumkin. Botda Getolog reklamasi va brendingi ko'rsatiladi.

3.3. Pullik tariflarda qo'shimcha imkoniyatlar mavjud: ko'proq bot, hamkor qo'shish va reklamani olib tashlash.

3.4. Tarif to'lovi har oy amalga oshiriladi. To'lov muddatida amalga oshirilmasa, tarif avtomatik ravishda Bepul rejaga tushiriladi. Adminning botlari va kanallari o'chirilmaydi, faqat Bepul tarif cheklovlari qo'llaniladi.

3.5. Xizmat ko'rsatuvchi tarif narxlarini oldindan ogohlantirgan holda o'zgartirish huquqini o'zida saqlaydi.

3.6. Getolog tarif rejasi uchun amalga oshirilgan to'lov qaytarilmaydi. Admin to'lovni amalga oshirgan paytdan boshlab xizmatdan foydalanish huquqiga ega bo'ladi va to'lov muddati tugagunga qadar xizmat ko'rsatiladi.

4. Admin huquq va majburiyatlari

4.1. Admin faqat o'ziga tegishli yoki o'zi boshqaradigan kanal va guruhlarni platformaga ulashi mumkin.

4.2. Admin kanalida qonunga zid yoki boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan kontent tarqatmasligi shart.

4.3. Admin o'z obunachilari bilan to'lov va xizmat ko'rsatish masalalarida to'liq javobgar. Platforma admin va obunachi o'rtasidagi moliyaviy munosabatlarga aralashmaydi.

4.4. Admin o'z bot tokenini va karta ma'lumotlarini xavfsiz saqlashi shart. Ruxsatsiz kirish yuz berganda admin Getolog ga zudlik bilan xabar berishi kerak.

4.5. Admin istalgan vaqtda o'z botini platformadan o'chirishi va xizmatdan chiqishi mumkin.

5. Obunachi huquq va majburiyatlari

5.1. Obunachi to'lovni amalga oshirgandan keyin kanalga kirish huquqiga ega bo'ladi. Kirish huquqi obuna muddati davomida amal qiladi.

5.2. Obunachi boshqa shaxslarga kanalga kirish havolasini tarqatmasligi shart.

5.3. Obunachi kanal ichidagi kontentni admin ruxsatisiz boshqa joylarga tarqatmasligi kerak.

5.4. Obuna muddati tugagandan keyin obunachi kanaldan avtomatik chiqariladi. Davom ettirish uchun qaytadan to'lov qilish talab etiladi.

6. Xizmat ko'rsatuvchining huquq va majburiyatlari

6.1. Xizmat ko'rsatuvchi platformaning uzluksiz va barqaror ishlashini ta'minlashga harakat qiladi.

6.2. Texnik nosozliklar yuzaga kelganda muammoni imkon qadar tezroq bartaraf etishga harakat qiladi.

6.3. Admin va obunachi ma'lumotlarini uchinchi tomonlarga bermaydi. Bot tokenlari va karta raqamlari shifrlangan holda saqlanadi.

6.4. Qonunga zid faoliyat yuritayotgan adminlarning hisobini ogohlantirishsiz to'xtatish huquqiga ega.

6.5. Platformani texnik xizmat ko'rsatish yoki yangilash maqsadida vaqtincha to'xtatishi mumkin. Imkon qadar oldindan ogohlantirish beriladi.

7. Xavfsizlik va ma'lumotlar himoyasi

7.1. Admin tomonidan kiritilgan bot tokenlari va karta raqamlari shifrlangan holda saqlanadi.

7.2. Obunachiga beriladigan kanalga kirish havolasi bir martalik bo'lib, faqat bitta shaxs tomonidan ishlatilishi mumkin.

7.3. Platforma va botlar o'rtasidagi barcha aloqa himoyalangan texnologiyalar orqali amalga oshiriladi.

7.4. Platforma foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini qonunchilik talablariga muvofiq himoya qiladi.

8. Javobgarlikni cheklash

8.1. Platforma admin va obunachi o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar uchun javobgar emas.

8.2. Platforma admin kanalida e'lon qilingan kontent uchun javobgar emas. Kontent uchun to'liq javobgarlik admin zimmasida.

8.3. Texnik nosozliklar, Telegram platformasi bilan bog'liq muammolar yoki uchinchi tomon xizmatlari sababli yuzaga kelgan uzilishlar uchun platforma javobgar emas.

8.4. Admin o'z bot tokenini yoki karta ma'lumotlarini xavfsiz saqlamaganligi oqibatida yuzaga kelgan zarar uchun platforma javobgar emas.

9. Offertaga o'zgartirish kiritish

9.1. Xizmat ko'rsatuvchi ushbu offertaga istalgan vaqtda o'zgartirish kiritish huquqiga ega.

9.2. O'zgartirishlar haqida foydalanuvchilarga platforma orqali oldindan xabar beriladi.

9.3. O'zgartirishlar e'lon qilingandan keyin platformadan foydalanishni davom ettirish yangilangan shartlarga rozilik bildirish hisoblanadi.

10. Nizolarni hal qilish

10.1. Platformadan foydalanish bilan bog'liq har qanday nizo avval muzokaralar yo'li bilan hal qilinadi.

10.2. Muzokaralar natija bermagan taqdirda, nizo O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.